loading

Ko’rgazmalar

Sulton Tex Group xalqaro va mahalliy to‘qimachilik ko‘rgazmalarida faol ishtirok etadi. Stendlarimizga tashrif buyuring.

MAGIC Las Vegas 2026

10 yillik yo‘limizning navbatdagi katta bosqichi — MAGIC Las Vegas ko‘rgazmasida ishtirok etamiz!

Bu nafaqat bir ko‘rgazma — bu har birimizning mehnatimiz orqasida turgan «Sulton Tex Group» nomini dunyoga yana bir bor tanishtirish imkoniyati. U yerda #UzbekQuality ni va jamoamizning kuchini namoyish etamiz!

  • Sanalar: 2026-yil 10–12-avgust.
  • Joy: South Hall, Las Vegas Convention Center, AQSH.
  • Bizning stend: 81918.
MAGIC Las Vegas 2026

Munich Fabric Start 2026

"Sulton Tex Group" jamoasi 14–16 iyul kunlari Myunxen (Germaniya) shahrida o‘tkaziladigan Munich Fabric Start xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida ishtirok etadi.

Bu ko‘rgazma Yevropadagi eng nufuzli sanoat tadbirlaridan biri hisoblanadi. "Sulton Tex Group" ushbu maydonda mamlakatimizni namoyish etishdan va #UzbekSifati mahsulotlarini dunyoga olib chiqishdan faxrlanadi.

  • Sanalar: 2026-yil 14–16-iyul.
  • Joy: MOC Munich, Hall 2, Myunxen, Germaniya.
  • Bizning stend: B22.
  • Kolleksiya: AW 27–28 matolari.
Munich Fabric Start 2026

Textile Spring 2026

Ko‘rgazmada kompaniya o‘zining ilg‘or ishlab chiqarish imkoniyatlarini, jumladan paxta tolasi, ip va trikotaj mahsulotlarini taqdim etadi, shuningdek kompleks vertikal integratsiyalashgan ishlab chiqarish tizimi haqida ma’lumot beradi.

«Textile Spring 2026» — guruh mahsulotlari bilan tanishish, hamkorlik shartlarini muhokama qilish va to‘qimachilik sanoatidagi yechimlarimiz haqida batafsil bilish uchun ajoyib imkoniyat.

  • Sanalar: 2026-yil 13–15-may.
  • Joy: Uzexpocentre NEC, Toshkent.
  • Bizning stend: H 90-1.
  • Nimani ko‘rsatamiz: paxta tolasi, ip, trikotaj mato va tayyor mahsulotlar.
Textile Spring 2026

Ko‘rgazmada uchrashuv belgilash

Bizga oldindan yozing — vaqtni band qilamiz va so‘rovingiz bo‘yicha namunalar tayyorlaymiz.

Uchrashuv belgilash