

Sulton Tex Group xalqaro va mahalliy to‘qimachilik ko‘rgazmalarida faol ishtirok etadi. Stendlarimizga tashrif buyuring.
10 yillik yo‘limizning navbatdagi katta bosqichi — MAGIC Las Vegas ko‘rgazmasida ishtirok etamiz!
Bu nafaqat bir ko‘rgazma — bu har birimizning mehnatimiz orqasida turgan «Sulton Tex Group» nomini dunyoga yana bir bor tanishtirish imkoniyati. U yerda #UzbekQuality ni va jamoamizning kuchini namoyish etamiz!

"Sulton Tex Group" jamoasi 14–16 iyul kunlari Myunxen (Germaniya) shahrida o‘tkaziladigan Munich Fabric Start xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida ishtirok etadi.
Bu ko‘rgazma Yevropadagi eng nufuzli sanoat tadbirlaridan biri hisoblanadi. "Sulton Tex Group" ushbu maydonda mamlakatimizni namoyish etishdan va #UzbekSifati mahsulotlarini dunyoga olib chiqishdan faxrlanadi.

Ko‘rgazmada kompaniya o‘zining ilg‘or ishlab chiqarish imkoniyatlarini, jumladan paxta tolasi, ip va trikotaj mahsulotlarini taqdim etadi, shuningdek kompleks vertikal integratsiyalashgan ishlab chiqarish tizimi haqida ma’lumot beradi.
«Textile Spring 2026» — guruh mahsulotlari bilan tanishish, hamkorlik shartlarini muhokama qilish va to‘qimachilik sanoatidagi yechimlarimiz haqida batafsil bilish uchun ajoyib imkoniyat.

Bizga oldindan yozing — vaqtni band qilamiz va so‘rovingiz bo‘yicha namunalar tayyorlaymiz.