loading

🤝 Hamkorlarimiz tashrifi

24 Iyul 2026

Bugun fabrikamizda Sela kompaniyasi vakillarini kutib oldik.

🔍 Tashrif davomida mehmonlarimiz ishlab chiqarish jarayonlarimiz bilan yaqindan tanishib, fabrikamizning asosiy yo’nalishlari — trikotaj ishlab chiqarish, bo’yash va tikuvchilik sexlari faoliyatini ko’zdan kechirdilar.

📌 Muzokaralar davomida mavjud buyurtmalar, joriy loyihalar va kelgusidagi yangi hamkorlik imkoniyatlari ko’rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuvda Befree kompaniyasi vakili ham ishtirok etdi.

Biz uchun hamkorlarimiz bilan ochiq muloqot qilish, ishlab chiqarish imkoniyatlarimizni namoyish etish va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Har bir tashrif — yangi imkoniyatlar, yangi g’oyalar va kelajakdagi rivojlanish uchun muhim qadamdir.

❗️ Ishonchli hamkorlik — sifatli natijaning asosidir.

Sela partner visit
Sela partner visit
@sultontexgroup