Bizning bo’yash fabrikamizda zamonaviy Germaniya (Thies) rusumli bo’yash qozonlari ishlamoqda.
Ushbu yuqori texnologiyali uskunalar trikotaj matolarini bir tekis va yuqori sifat bilan bo’yash uchun mo’ljallangan.
Jarayon davomida:
✅ mato maxsus qozonga yuklanadi;
✅ harorat, vaqt va bo’yash jarayoni avtomatik nazorat qilinadi;
✅ rangning bir xil chiqishi va mato sifatining saqlanishi ta’minlanadi.
Uskunaning sig’imi 1250 kg gacha bo’lib, bitta bo’yash jarayoni mato turi va rangiga qarab o’rtacha 8 soat davom etadi 🪄
Germaniyada ishlab chiqarilgan ushbu zamonaviy texnologiya yordamida biz mijozlarimizga barqaror rang, yuqori sifat va xalqaro standartlarga mos mahsulot yetkazib beramiz.
Har bir rang ortida — zamonaviy texnologiya, aniqlik va katta mehnat bor. ✨



